[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Yoqub Bek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yoqub Bek
ياقۇب بەگ بەدۆلەت خان
Tavalludi 1820-yilda
Vafoti 31-may 1877
Qashqar

Yoqubbek (Muhammad Yoqubbek Badavlat, Otaliq gʻoziy) (1820, Piskent – 1877, Sharqiy Turkistonning Koʻrla sh.) – Qoʻqon xonligining harbiy va davlat arbobi, Yettishahar Uygʻur davlatining hukmdori (1865—77).

Otasi Pirmuhammad Mirzo Qoʻqon xonligidagi Qurama qishlogʻi qozisi, onasi piskentlik krzi shayx Nizomiddinning singlisi. Yo. 1845-yil Toshkentda askarlikka chaqirilgan. Togʻasi Toshkent qozisi bulib tayinlanishi va singlisining Toshkent hokimiga turmushga chiqishi munosabati bilan uning mavqei tez oʻsgan, xon urdasida mahram, keyinchalik ellikboshi, yuzboshi, ponsod (beshyuzboshi) boʻlgan, Chinoz va Avliyoota (1846)ga, Oqmachit (1847) ga bek qilib tayinlangan. Yo. Oqmachitda qushbegi lavozimiga koʻtarilib, rus bosqinchilariga qarshi kurashda jasur sarkarda ekanligini koʻrsatgan. Toshkent hokimi uni chaqirtirib, boturboshi etib, Qoʻqon xoni Xudoyorxon esa, uni Xoʻjand (1852) begi qilib tayinlaydi. Xudoyorxonga qilgan muvaffaqiyatsiz fitnasidan keyin (1853) Buxoroga krchgan. Xudoyorxon taxtdan agʻdarilgandan soʻng Qoʻqonga qaytgan (1858). 1864-yilda Sharqiy Turkistonda Manjur imperiyasining zulmiga qarshi mustaqillik uchun kurash boshlanib, beshta xonlik yuzaga keladi. Kashqar xonligi mamlakatni birlashtirish maqsadida Qoʻqon xonligidan Yorkent xonligining taxt vorislaridan birini Sharqiy Turkistonga yuborishini iltimos qilgan. Yo. Buzrukxoʻjaga qushbegi qilib tayinlanib Qashqarga yuborilgan (1865). U Buzrukxoʻjaning davlat ishlariga qobiliyatsizligidan foydalanib, hokimiyatni oʻz qoʻliga olgan. U boshda Buzrukxoʻja va b. xoʻjalar nomidan ish yurgizib, Ili sultonligidan tashqari (mazkur xonlikni 1871-yil ruslar bosib olgan) 4 xonlikni (Qashqar, Xoʻtan, Kuchor, Urumchi xonliklarini) birlashtirib Yettishahar Uygʻur davlatini tuzgan. Yo. Yettishaharning ravnaq topishi va dunyoga tanitish uchun katta ishlarni qilgan. Yo. davlatining asosiy tayanchi mahalliy yer egalari va ruhoniylar boʻlgan. Yo. qatʼiy tashqi siyosiy yoʻnalishga ega boʻlmagani tufayli Buyuk Britaniya, goh Turkiya, goh Rossiyaning koʻmagidan umidvor boʻlgan, bunda ularning Oʻrta Osiyodagi manfaatlari oʻzaro ziddiyatli ekanlkgidan foydalanmoqchi boʻlgan. Turkiston generalgubernatori K. P. Kaufman bilan chegara chizigʻini belgilash haqida muzokaralar olib borgan. Yo. xonligi davrida koʻplab masjid, Madrasa, karvonsaroy qurilgan. Yo.ni eng yaqin kishilaridan biri, Xoʻtan begi Niyoz Hakim zahar berib oʻldirgan. Yo. oʻlimidan keyin taxt uchun kurash boshlangan. Xitoy ichki ziddiyatlardan foydalanib, 1878-yilda Yettishahar davlatini tutatgan. Sharqiy Turkistonda Xitoy hukmronligi qayta tiklangan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil