Pert
Qiyofa
Pert — Avstraliyaning jan.-gʻarbiy qismidagi shahar. Gʻarbiy Avstraliya shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,3 mln. kishi (1999). Suon daryosining Hind okeaniga quyilish joyidagi port (yillik yuk ortib-tushirish 15 mln.t). Temir yoʻl stansiyasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Ogʻir va transport mashinasozligi, kimyo, toʻqimachilik, oziqovqat sanoati korxonalari; universitet bor. Shaharga 1829-yilda asos solingan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |