[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Sariq zira

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sariq zira

Sariq zira - Кумин тминовый - Cuminium Cyminum L.

Biologik morfologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sariqzira — Soyabonguldoshlar oilasiga kiruvchi koʻp yillik oʻt boʻlib, boʻyi 40-60 sm ga yetadi. Poyasi oʻrta qismidan boshlab shoxlangan, ariqcha izli boʻladi. Oʻsimlikning ildiz oldi barglari juft patsimon qirqilgan, asosi ponasimon koʻrinishga ega. Bargi ingichka chiziqsimon boʻlakchalarga 3 marta patsimon ajralgan. Poyada qini bilan ketma-ket joylashgan. Toʻpgullaridagi 20-30 ta gulning gulbandlari har xil uzunlikda boʻladi. Sariq zira aprel-may oylarida gullaydi, urugʻi iyun-iyul oylarida pishadi.

Sariq ziraning mevasi pisha boshlagach, oʻsimlikning yer usti qismi oʻrib olinadi, soʻngra quritilib, yanchiladi, elanib mevasi ajratiladi.

Sariq zira Oʻzbekistonda Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida oʻsadi. U adir va togʻning pastki qismida uchraydi. Q.H.Haydarov, Q.H.Hojimatovlarning maʼlumotlari boʻyicha, sariqzira asosan Turkiston, Zarafshon (Omonqoʻton gʻori) hamda Hisor togʻining Janubiy-gʻarbiy qismida keng tarqalgan boʻlib, 8200 gektarli katta maydonni tashkil etadi.

Sariq zira tarkibida inson salomatligi uchun bir qator foydali moddalar mavjud. Uning urugʻlarida 2.75-3%, barglarida 0.12% efir moylari mavjud.

Xalq tabobatida qoʻllanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻrta Osiyo xalqlari, shu jumladan, oʻzbeklar sariq ziradan ziravor sifatida keng koʻlamda foydalanadilar. Sariq zira bir qatorda taomlarni xushxoʻr taʼmli qilish bilan birga shifobaxsh hamdir.

Abu Ali ibn Sino sariqziradan buyrak-tosh kasalligida toshni tushuruvchi, safro va yel haydovchi dori sifatida, nafas, siydik yoʻllari hamda koʻz kasalliklarini davolashda foydalangan. Shuningdek, ziraning suvi bilan yuz yuvilsa, u tiniqlashishi aytilgan.

H.X.Xolmatov va Z.H.Habibovning keltirgan maʼlumotlariga qaraganda, sariqziraning mevalari xalq tabobatida qorin ogʻriqlari hamda taloq shishlarini davolashda istʼemol qilinadi. Oʻsimlik mevasining sirkadagi damlamasi burundan qon ketishda, qovurilgan mevalari esa siydik haydovchi omil sifatida tavsiya etiladi.

  • Shifobaxsh neʼmatlar M.Nabiyev, V.Shalnev, A. Ibrohimov Toshkent - „Mehnat“ - 1989

Shuningdek tanishib chiqing

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zira haqida