[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Granodiorit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Granodiorit — intruziv nordon togʻ jinsi. Mineral tarkibi kvarsli diorit bilan normal granitlar oraligʻida. Granodiorit tarkibida kvars, kaliyli dala shpati, plagioklaz va rangli minerallar boʻladi. Granodioritda granit tarkibidagi hamma aksessor minerallar uchraydi, ammo titanit koʻproq. Zichligi 2700— 2900 kg/m3. Strukturasi toʻla kristallangan va porfirsimon. Teksturasi massiv. Porfirsimon granodiorit Kurama, Nurota, Boʻkantov, Quljuqtov, Ovminzatov, Tomdi togʻlarida bor. Qurilishda, qoplama bezak sifatida keng ishlatiladi. Toshkentda Mustaqillik maydonidagi favvora atrofi, yer osti yoʻllarini qurishda granodioritdan foydalanilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil