[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Gabsburglar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gabsburglar (Habsburger) — Avstriyada hukmronlik qilgan sulola (1282-yildan gersoglar, 1453-yildan ertsgersoglar, 1804-yildan Avstriya imperatorlari).

1526-yil Chexiya va Vengriyani (u yerlarda qirol deb atalganlar) va b. hududlarni qoʻshib olib koʻp millatli ulkan davlatni (1867—1918-yillarda Avstriya-Vengriya) monarxlari boʻlganlar. Gabsburglar „Muqaddas Rim imperiyasi“ imperatorlari (1438—1806-yillarda doimiy ravishda, 1742—45-yillardan tashqari), shuningdek Ispaniya qirollari (1516—1700) ham edilar. Asosiy vakillari: Karl V, Filipp II (Ispaniyada), Mariya Tereziya, Iosif II, Frans Iosif I. Gabsburglar ijtimoiy taraqqiyot dushmanlari, Yevropa xalqlarining milliy ozodlik harakatlarini boʻgʻuvchilar sifatida tarixda nom qoldirishgan. Avstriya-Vengriya imperiyasi tarkibiga kirgan oʻlkalarda mustamlakachilik siyosatini yuritganlar.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil