[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

dumba

Vikilug‘atdan olingan

Ozarbayjoncha (az)

Ism

dumba

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

dum-ba

Aytilishi

Etimologiyasi

DUMBA Bu ot OʻTILga shunday shaklda [f-t] taʼkidi bilan kiritilib, maʼnosi 'qoʻyning ket tomonida, son bilan bel orasida oʻsgan yogʻ Qismi', 'odam tanasining son bilan bel orasidagi yumshoq orqa qismi' deb taʼriflangan (I, 238). ТжРСda dumba shaklidan dunba shakliga havola Qilinib, izoxdar oʻsha yerda berilgan (139). ПРСda bu ot arab harflari bilan terilganda n harfi bilan, kirill harflari bilan terilganda esa m Xarfi bilan yozilgan. Demak, bu ogning asl tovush tarkibi dunba (dunbe) boʻlib, b tovushi taʼsirida uniŋg oldidagi n tovushi m tovushiga elmashgan. Dumba oti bilan oʻzbek tilida dumba-jigar juft oti tuzilgan boʻlib, 'dumba yogʻi va jigardan tayyorlangan ovqat' maʼnosini anglatadi.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.


Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

[f. — ort, ket; dumba,

quyruq] 1 Qoʻylarning ket tomonida son bilan bel oʻrtasida oʻsgan, asosan dumaloq shaklda koʻrinuvchi yogʻ qismi. ◆ Semiz qoʻyning dumbasi katta, Semiz odamning suhbati. Maqol. n Yolgʻiz qoʻyni haydash nuqul azob. Boʻynidan surgayman — ◆ yoʻq, dumbasiga arqon solib tortaman — yoʻq. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Raʼno tomorqada dumbasi serkil-lagan, jingalak yungli qoʻzichokrshrga maysa yulib berayotgan edi. H. Nazir, „Soʻnmas chaqmoqlar“ .

2 Qoʻy tanasining shunday qismidan chiqqan yogʻ. ◆ Dumba toʻgʻramoq. Dumba eritmoq. Uzoqdagi dumbadan yaqindagi oʻpka yaxshi. Maqol . m ◆ Qaynonaning maslahati bilan dokaga dumba oʻrab, chaqaloqqa soʻrdirishdi. Mirmuhsin, „Jaholat panjasi“ . ◆ Mamat qassob.. ogʻrinibgina yarim kilodan oshiq dumbani taroziga tashladi. "Yoshlik" .

3 Odam tanasining son bilan bel oʻrtasidagi yumshoq orqa qismi. Kimdir skameykaga gazeta solib oʻtirgan ekan, dum-basining izi tushib qopti. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati.


Sinonimlari

Antonimlari

ДУМБА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

OʻTIL

Tarjimalari

dumba

dumba
1 курдюк; // курдючный; ◆ ~ yogʻ (moy) курдючное сало;◆ ~ solmoq, ~ boylamoq отращивать курдюк, жиреть (об овцах); ◆ ertagi ~ moydan bugungi shalhak yaxshi посл. лучше плохое мясо сегодня, чем курдючное сало завтра; соотв. лучше синица в руках, чем журавль в небе;
2 ягодицы.